
Arnasoy tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan ChatGPT va Gemini platformalari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir axborot makonida raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish, aholining axborot savodxonligini oshirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishidagi ishlarning uzviy davomi sifatida tashkil etildi.
Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirishdagi imkoniyatlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari yoritildi.
Ishtirokchilarga ChatGPT va Gemini platformalaridan foydalanish, axborotlarni tezkor tahlil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijodiy va tahliliy vazifalarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
![]()