
Joriy yilning 6-avgust kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonada kitob fondi yangilanib, mavjud adabiyotlar o‘rniga yangi va dolzarb kitoblar olib borildi.
Kitobxonlarning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqib, badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan almashuv amalga oshirildi. Ushbu tashabbus kitobxonlarga doimiy ravishda yangi asarlar bilan tanishish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati muntazam ravishda yangilanib, kitobxonlarga sifatli va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
![]()