Axborot-bibliografiya xizmati xodimlari

Saydaliyeva Muqadas Abduazizovna

Xizmat rahbari

Raxmatova Nodira Bahriddinovna

Mutaxassis

Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati haqida ma’lumot:

  1. AKMning axborot-kutubxona fondlarini xizmatlarning vakillari bilan birgalikda kitob saqlash fondlari va ularning ixtisoslashtirilgan qismlarini jamlashning mavzuli-tipologik rejasini ishlab chiqadi;
  1. Mavzuli rejaga muvofiq jamlashning turli manbalari (nashrlarning bepul majburiy nusxasi, obuna, nashriyotlar, kitob do‘konlari orqali sotib olish, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan sovg‘alar) orqali, fondni milliy axborot-kutubxona resurslari va xorijiy nashrlar bilan komplektlashni va qo‘shimcha jamlashni amalga oshiradi;
  1. Xizmatning zahira fondiga hujjatlarni qabul qilib oladi, kutubxonaning asosiy va qo‘shimcha fondlarida mavjud bo‘lmagan hujjatlarni zahira fondidan taqdim etadi. Boshqa kutubxonalarning so‘roviga ko‘ra zahira fondidan axborot-kutubxona resurslarini beradi;
  1. “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarni hisobini yuritish to‘g‘risida”gi yo‘riknoma (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami № 2567) asosida, axborot-kutubxona fondlariga kelib tushgan va hisobdan chikarilgan axborot-kutubxona resurslarining hisobini yuritadi.
  1. Axborot-kutubxona fondlarini jamlash, joylashtirish, saqlash, hamda foydalanuvchi buyurtmasiga muvofiq xizmat ko‘rsatish;
  1. Axborot-kutubxona markazi fondlarini belgilangan tartibda joylashtirish, fondlarni umumiy va fizik holatini nazorat qilish;
  1. Qabul qilingan davlat standartlari va me’yorlarga muvofiq fondlardagi adabiyotlarni saqlash uchun belgilangan havo harorati normalarini nazorat qilish;
  1. Axborot-kutubxona resurslarining uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash maqsadida ularni muqovalashga berish, shikastlangan tashqi va ichki varaqlarini doimiy nazorat qilish va ta’mirlashga tayyorlash;
  1. Uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslarini elektron nusxalarini yaratish (raqamlashtirish) maqsadida skanerlash va raqamlashtirish xizmatiga tasdiqlangan reja asosida berish;
  1. Xizmat axborot-kutubxona fondining tarkibi va mazmunini ochib beruvchi, ma’lumot-bibliografik apparati bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi kartochkali va elektron kataloglari ishini yaratadi va tashkillashtiradi;
  1. Xizmat AKMning axborot-kutubxona resurslarini saqlash, foydalanuvchilarning talablariga asosan berish, shuningdek, kataloglar bo‘yicha bibliografik qidiruvni amalga oshirish uchun axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish kompleks jarayonlarini amalga oshiradi;

12. Xizmat metodik maslahatlar, tavsiyalar, qo‘llanmalar, eslatmalar, axborot varaqalarini tayyorlash va berish orqali viloyat axborot-kutubxona muassasalariga xizmat faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi

Tillni tanlang »
Scroll to Top