Axborot-bibliografiya xizmati xodimlari
Sulaymonova Shoira
Xizmat rahbari
Bekboyeva Aziza
Mutaxasissi
Axborot-bibliografiya xizmati haqida umumiy ma’lumot:
- Maʼlumot-bibliografik apparati (katalog, kartoteka, axborot maʼlumot bazalari (shu jumladan elektron MB) ni maʼlumotnoma va bibliografik nashrlar fondini shakllantiradi.
- Hududda nashr etilgan milliy hujjatlarning, oʻlkashunoslik, bibliografiya va meʼyoriy huquqiy hujjatlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.
- Oʻlkashunoslik va huquqqa oid axborotlarning elektron maʼlumotlar bazasini toʻldirib boradi.
- “Norma”, lex.uz maʼlumotlar bazasidan foydalanib foydalanuvchilarni meʼyoriy huquqiy axborot bilan taʼminlaydi.
- Bibliografik qoʻllanmalar, muhim va unutilmas sanalar taqvimi (kalendar)ni, bibliografik koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar axborot byulletenlari hamda adabiyotlar roʻyxatini tuzadi, ularning sifati va samaradorligini oshirib boradi.
- Oʻlka va uning mashhur shaxslariga bagʻishlangan qoʻllanmalar tuzadi. Mazkur mavzularda yozma bibliografik sharh, eslatmalar, tasiya roʻyxatlari va boshqalarni tuzish bilan birga foydalanuvchilar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib boradi.
- Tumanning boshqa axborot-kutubxona muassalari bilan hamkorlikda bibliografik qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish ishlarini amalga oshiradi.
- Foydalanuvchilar, ilmiy va ishlab chiqarish jamoalarining bibliografik axborotga boʻlgan ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondiradi.
- Tumandagi axborot-kutubxona muassasalarining bibliografik ishini oʻrganadi va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.
- Foydalanuvchilarning siyosiy, huquqiy bilim, huquqiy madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan adabiyotlarni targʻib etadi.
- Axborot-bibliografiya yoʻnalishi boʻyicha seminarlar tashkil etadi.
- “Axborot kunlari”, Mutaxassis kunlarini oʻtkazadi, “Yangi adabiyotlar” axborot byulletenlari orqali foydalanuvchilarga yangi adabiyotlar toʻgʻrisida axborot beradi.
- Foydalanuvchilarga bibliografik bilimlarni targʻib qiladi.
14. Yakka tartibda va guruhlarga bibliografik xizmat koʻrsatishni amalga oshiradi.