“ADABIYOTIMIZNING YORQIN YULDUZI — O‘TKIR HOSHIMOV”

Arnasoy tumani Axborot-kutubxona markazida 5-avgust kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli adib O‘tkir Hoshimov tavalludiga bag‘ishlangan “Adabiyotimizning yorqin yulduzi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘tkir Hoshimov o‘zining samimiy, hayotiy va ta’sirchan asarlari bilan o‘zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan ijodkordir. Adibning qalamiga mansub “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Nur borki, soya bor”, “Bahor qaytmaydi”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kabi asarlar kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

O‘tkir Hoshimov ijodi — inson qalbini anglashga, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat va insoniy qadriyatlarni asrashga chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir.
📖 Kitob o‘qing — adiblarimiz merosini avlodlarga yetkazing!

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top