
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari tomonidan tuman yoshlari ishtirokida «ChatGPT va Gemini sun’iy intellekt vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish hamda kelajak kasblari» mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.
Muloqot davomida yoshlarga ChatGPT va Gemini platformalarining imkoniyatlari, sifatli prompt yozish, sun’iy intellektdan ta’lim, ilm-fan va kasbiy faoliyatda samarali foydalanish hamda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
🇺🇿 Ta’kidlanganidek, raqamli texnologiyalarni puxta egallagan, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega yoshlar Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchidir.
Tadbir yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish va kelajak kasblariga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.
![]()