

Joriy yilning 23-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yosh fermerlar bilan uchrashuv” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yosh fermerlar bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, innovatsion yondashuvlar hamda kitob mutolaasining bilim va tajribani oshirishdagi o‘rni haqida samimiy suhbat olib borildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va shaxsiy rivojlanishga oid adabiyotlar tavsiya etildi, kitob ko‘rgazmasi namoyish qilinib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur uchrashuv yoshlarni bilim olishga, mehnatsevarlikka, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
![]()