
Kitob mutolaasi uchun alohida vaqt kutish shart emas. Yo‘lda, kutish jarayonida yoki qisqa tanaffuslarda ham kitob o‘qish foydali odatga aylanishi mumkin.
Joriy yilning 21-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz» targ‘iboti doirasida kitobxonlar bilan uchrashilib, mutolaaning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Barchani bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, har kuni hech bo‘lmaganda bir necha sahifa kitob mutolaa qilishga chorlaymiz.
Kitob bilan o‘tgan har bir daqiqa – kelajakka qo‘yilgan mustahkam qadamdir.
![]()