
Joriy yilning 24-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludi munosabati bilan “Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan Prezidentimizning hayoti va faoliyati, davlat boshqaruvi, islohotlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti hamda mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga bag‘ishlangan asarlar o‘rin oldi. Jumladan, “Jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” kitobi ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni yurtimiz taraqqiyoti, bunyodkorlik ishlari va Prezidentimizning davlat boshqaruvidagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu faoliyatingizga ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va uzoq umr tilaymiz.
![]()