#BOLALAR_SEVIB_MUTOLAA_QILADIGAN_ASARLAR

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning sermazmun va qiziqarli asarlari haqida kitobxonlik targ‘iboti tashkil etildi.
Targ‘ibot davomida yozuvchining bolalar qalbidan chuqur joy olgan asarlari, ularning mazmun-mohiyati, qiziqarli voqealari va unutilmas qahramonlari haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha” kabi asarlarning bolalar dunyoqarashini boyitish, ezgulik, halollik, do‘stlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
📖 Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlari bolalikning beg‘ubor olami, quvnoq kechinmalari va hayotiy saboqlarini o‘zida mujassam etgani bilan kitobxonlarni mutolaaga chorlaydi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top