Joriy yilning 24-sentabr kuni tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun Arnasoy tuman axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o‘quvchilarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar kutubxonaning bo‘limlari, o‘quv zallari va kitob ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yoshiga mos badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilinib, kutubxonadan foydalanish tartibi va kitoblarni mustaqil tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top