#KITOBXON_KLUBI_AZOLARI_BILAN_DAVRA_SUHBATI

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon klubi” a’zolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitobxonlar tomonidan bir asar tanlab olinib, uning mazmun-mohiyati, bosh qahramonlari, asarda ilgari surilgan g‘oyalar va hayotiy saboqlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar asar qahramonlarining xatti-harakatlarini tahlil qilib, o‘z taassurotlari va shaxsiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Samimiy va erkin muloqot tarzida o‘tgan suhbat kitobxonlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, mustaqil fikrlash hamda badiiy asarni chuqur anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top