
Joriy yilning 15-sentyabr kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin Vodiy mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida navbatdagi kitoblar almashinuvi amalga oshirildi.
Ko‘chma kutubxona fondidagi avvalgi adabiyotlar o‘rniga kitobxonlarning qiziqishlari va mutolaa ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar olib kelinib, almashtirildi.
Mazkur tashabbus mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
![]()