#AYOL_ILMLI_BOLSA_JAMIYAT_ILMLI_BOLADI

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan texnikum o‘quvchilari ishtirokida “Ayol ilmli bo‘lsa — jamiyat ilmli bo‘ladi” shiori ostida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida ayolning jamiyatdagi o‘rni, uning ilm-ma’rifatga intilishi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlod tarbiyasidagi muhim roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Suhbat davomida ilmli va ma’rifatli ayol oilaning ma’naviy tayanchi, farzandlar kamolotining muhim omili hamda jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etuvchi shaxs sifatida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Texnikum o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda kitob mutolaasi, sifatli ta’lim olish, o‘z ustida muntazam ishlash, kasbiy va zamonaviy bilimlarni egallash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilarni ilm olishga, kitob o‘qishga, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga hamda o‘z oldilariga ezgu maqsadlar qo‘yib, ularga intilib yashashga chorlovchi fikrlar bildirildi.

 

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top