
Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Abdihakimov Mirjalol olib bordi.
Tadbirda diss.natlib.uz , medicmatlib.uz kabi elektron ma’lumot bazalaridan foydalanish, kerakli adabiyotlarni izlash va tavsiya etish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Mahorat darsida Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etdi.
Raqamli texnologiyalar — zamonaviy kutubxona xizmatlarining muhim qismidir.
![]()