\
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon” klub a’zolari ishtirokida “Kitob — tafakkur va ma’rifat manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy kamolot va dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati, muntazam mutolaaning afzalliklari hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, sevimli adiblari va mutolaa jarayonida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Turli janrdagi asarlarning mazmun-mohiyati yuzasidan qiziqarli fikrlar bildirildi.
Davra suhbati samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, ishtirokchilarni ko‘proq kitob o‘qishga, mustaqil fikrlashga, izlanishga va yangi bilimlarni egallashga undadi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()