
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman sudida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar almashtirilib, yangi kitoblar bilan boyitildi.
Ko‘chma kutubxona fondi mazmunan boy, turli janrdagi badiiy adabiyotlar bilan yangilanib, kitobxonlarning o‘zlari qiziqqan asarlarni mutolaa qilish imkoniyatlari yanada kengaytirildi.
Mazkur tashabbus xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘chma kutubxona faoliyatining muntazam yo‘lga qo‘yilgani kitob va kitobxon o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlash, yangi asarlar bilan tanishish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni boyitish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
![]()