
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Texnikumda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida mavjud adabiyotlar almashtirilib, yangi kitoblar bilan boyitildi.
Ko‘chma kutubxona fondini muntazam ravishda yangilab borish orqali o‘quvchi-yoshlarning turli janrdagi badiiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangilangan adabiyotlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, yangi bilim va taassurotlar olishi hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.
![]()