
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davlat xizmatchilari uchun tayyorlangan #35-son “Siyosiy ma’rifat soati” kuzatildi.
Mazkur son orqali mamlakatimizdagi siyosiy-ijtimoiy hayotga oid muhim yangiliklar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda jamiyat hayotidagi dolzarb jarayonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Shuningdek, “Siyosiy ma’rifat soati” davomida davlat xizmatchilarining huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiluvchi muhim ma’lumotlar bilan tanishildi.
Bunday ma’rifiy loyihalar xodimlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ijtimoiy jarayonlardan muntazam xabardor bo‘lib borishiga xizmat qiladi.
![]()