#Oltin_Vodiy_mahallasida_kochma_kutubxona_fondi_yangilandi

Joriy yilning 4-avgust kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin Vodiy mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona xizmatida navbatdagi kitob almashinuvi amalga oshirildi. Mazkur tashrif davomida avval kitobxonlarga taqdim etilgan adabiyotlar qaytarib olinib, ularning o‘rniga yangi badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyotlari hamda jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari bilan boyitilgan kitoblar yetkazib berildi.
Kitob almashinuvi jarayonida mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi, o‘qish istaklari va adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi. Kitobxonlarga mutolaaning inson kamoloti, ma’naviy yuksalish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi o‘rni haqida tavsiyalar berildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top