
Joriy yilning 3-avgust kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida iste’dodli shoir Umid Qodirov ishtirokida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobxonlar, yoshlar va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etib, shoirning ijodi, she’riyati hamda adabiyotning inson ma’naviyatidagi o‘rni haqida samimiy suhbat olib borildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, she’rlar mutolaa qilindi va kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashildi. Bunday ijodiy uchrashuvlar yoshlarning kitobga mehrini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
![]()