#Sport_va_kitob_barkamol_avlod_poydevori

Joriy yilning 30-iyul kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Bolalar sport maktabida yosh sportchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, sport va ilmning uyg‘unligi hamda sog‘lom va ma’rifatli avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan samimiy suhbat olib borildi. Ishtirokchilarga kitob o‘qishning tafakkurni rivojlantirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish hamda hayotda yuksak marralarni zabt etishda tutgan muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top