«KITOBLAR KO‘RGAZMASI” VA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

  • Arnasoy tumani Axborot-kutubxona markazida “Uch avlod” uchrashuvi doirasida “Kitoblar ko‘rgazmasi” hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

    Tadbirda nuroniylar, o‘rta avlod vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

    Dastlab ishtirokchilar uchun kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etilib, kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy va jahon adabiyotining sara namunalarini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

    Shundan so‘ng o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida turli avlod vakillari bir jamoa bo‘lib bilim va tafakkur borasida o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan bahslar ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, bilim saviyasi hamda jamoaviy hamkorligini yana bir bor namoyon etdi.

    Mazkur tadbir avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, kitobxonlikni keng targ‘ib etish va intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top