#Bilim_va_marifat_ulashayotgan_kochma_kutubxona

Joriy yilning 27-iyul kunida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati doirasida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida kitobxonlar uchun avval olingan adabiyotlar yangilariga almashtirildi hamda turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar taqdim etildi. Kitobxonlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga zamonaviy va dolzarb adabiyotlarni yetkazish maqsadida kitoblar muntazam ravishda yangilanib borilmoqda.
Ko‘chma kutubxona xizmati aholiga qulay sharoit yaratish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda kitobni keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top