#Kochma_kutubxona_texnikum_yoshlariga_marifat_ulashmoqda

Joriy yilning 27-iyul kunida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘chma kutubxona xizmati doirasida tuman texnikumiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida kitob fondi yangilanib, avval foydalanilgan adabiyotlar yangi va dolzarb kitoblar bilan almashtirildi. Talaba-yoshlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop, kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishga oid adabiyotlar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni tanlab olib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ko‘chma kutubxona xizmati orqali kitobni har bir kitobxonga yaqinlashtirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top