
Joriy yilning 21-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar ishtirokida «Bir kunda – bir sahifa» tashabbusi doirasida birgalikda kitob mutolaasi amalga oshirildi.
Mutolaa jarayonida kitobxonlar o‘zlari tanlagan asarlardan bir sahifadan o‘qib, mazmuni yuzasidan fikr almashdilar. Ushbu tashabbus kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Kitobxonlarga muntazam mutolaa qilish tavsiya etilib, o‘z qiziqishlariga mos adabiyotlarni o‘qishni davom ettirish tavsiya qilindi.
![]()