#Yoshlar_bogida_kitob_targiboti_marifat_sari_yana_bir_qadam

Joriy yilning 20-iyul kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar bog’ida kitobxonlikni keng targ’ib etish, yoshlarning mutolaaga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kitob targ’iboti olib borildi.
Targ’ibot davomida yoshlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop va motivatsion adabiyotlar tavsiya etildi. Mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o’rni haqida tushunchalar berildi hamda ishtirokchilarning qiziqishiga mos kitoblar tavsiya qilindi.
Mazkur kitob targ’iboti yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirish va kitobni hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top