
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida jamoaning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mumtoz adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda xodimlarning adabiy bilim va zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida xodimlar o‘rtasida «Baxrubayt» bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida xodimlar o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalaridan g‘azal va ruboiylarni navbatma-navbat ijro etib, o‘zlarining yuksak xotirasi, adabiy bilimlari, hozirjavobligi hamda she’riyatga bo‘lgan yuksak qiziqishini namoyon etdilar. Tadbir sog‘lom raqobat, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, xodimlarning intellektual salohiyati hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim o‘rin tutadi.
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yuksak ma’naviyat va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biridi
![]()