
Joriy yilning 13-iyul kunida Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazida navbatdagi ko‘chma kutubxona xizmati tashkil etildi.
Tashrif davomida kitob fondi yangilanib, avval olingan adabiyotlar qaytarib olinib, ularning o‘rniga yangi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy va ommabop kitoblar bilan kitoblar almashinuvi amalga oshirildi. Xodimlarga yangi adabiyotlar tavsiya etilib, mutolaaning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi.
Mazkur ko‘chma kutubxona xizmati kitobxonlarga qulay sharoit yaratish, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish hamda aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
![]()