
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 24-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumanning chekka hududlaridan biri bo‘lgan “Baxtli Mufuy” mahallasida “Har bir mahallada oilalar o‘rtasida kitob mutolaasi” tanlovi tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla faollari, nuroniy onaxonlar va kitobxonlar ishtirok etib, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Shuningdek, ishtirokchilar o‘qigan kitoblari yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, sevimli asarlaridan parchalar mutolaa qildilar.
![]()