
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan kitoblarni raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida fonddagi adabiyotlarni skanerlash, elektron formatga o‘tkazish, fayllarni qayta ishlash, elektron bazaga joylashtirish hamda raqamli resurslarni saqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga raqamlashtirish jarayonida sifat standartlariga rioya qilish, elektron hujjatlarning xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
![]()