
2026-yil 19-iyun kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida «Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan «Ona mutolaasi – farzand tarbiyasining poydevori» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida farzand tarbiyasida kitobning o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, bolalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, kitobxonlikning inson kamolotidagi ahamiyati hamda farzandlarga kitobga mehr uyg‘otish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
![]()