
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi 9-son qaroriga muvofiq, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Joriy yilning 24-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bir kunda – bir sahifa o‘qish” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ’ibot davomida yosh kitobxonlarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, ilm-fan va ma’naviyat rivojidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilar bilan birgalikda kitoblar mutolaa qilinib, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
![]()