
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab yoshlar ishtirokida “Kvest” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘yinlar davomida yoshlar Sharof Rashidovning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi hamda tarixiy faoliyatiga oid turli topshiriq va savollarni bajarib, o‘z bilim va zakovatlarini namoyon etdilar.
Mazkur kvest o‘yinlari yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarini mustahkamlash, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi
![]()