#KITOBXON_OILALAR_KORI_TANLOVINING_TUMAN_BOSQICHI_BOLIB_OTDI

Arnasoy tumanida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodni kitobga mehr ruhida tarbiyalash hamda oilaviy mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “Kitobxon oilalar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirok etgan oilalar o‘z bilim va salohiyatlari, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari, zukkolik va ijodiy mahoratlarini namoyon etdilar. Shartlar davomida oila a’zolari o‘zaro hamjihatlikda bellashib, kitobxonlik borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni egallagan oila viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Zero, kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat, bilimli avlod va porloq kelajak poydevoridir

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top