
Joriy yilning 28-sentabr kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qing” loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
📖 Ushbu loyiha orqali kitob o‘qish uchun alohida vaqt kutib o‘tirmasdan, yo‘l-yo‘lakay, bo‘sh daqiqalarda ham mutolaa qilish mumkinligi targ‘ib qilinmoqda. Zero, bir necha daqiqalik mutolaa — yangi bilim, yangi fikr va yangi dunyo sari qo‘yilgan qadamdir.
Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va qalbiga ezgulik urug‘ini qadab boradi. Shu bois, aziz kitobxonlar, yo‘lingiz qayerga olib bormasin, kitob hamrohingiz bo‘lsin!
Bir sahifa — bir fikr.
Bir kitob — bir olam.
Mutolaa — ma’rifat sari eng go‘zal yo‘l!
![]()