
Joriy yilning 25-sentyabr kuni Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” ensiklopedik asari taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida asarda dunyo mamlakatlarining tarixi, geografik joylashuvi, tabiati, madaniyati, urf-odatlari, diqqatga sazovor maskanlari hamda xalqlarning o‘ziga xos qadriyatlari haqida qiziqarli va muhim ma’lumotlar jamlangani haqida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilarga mazkur ensiklopedik nashrning ilmiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati, undan yoshlar va kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirishda samarali foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Taqdimot yakunida kitobxonlar asar bilan yaqindan tanishib, undagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ilm-fan va dunyo mamlakatlari haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.
![]()