AMALIY VA USLUBIY YORDAM

Joriy yilning 25-sentabr kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonachisiga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Amaliy-uslubiy yordam jarayonida maktab kutubxonasida ish yuritish hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, kutubxonachiga kundalik daftarni yuritish tartibi, unda kutubxona faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlarni muntazam va aniq qayd etish, kitobxonlar qatnovini belgilangan tartibda hisobga olish hamda berilgan adabiyotlarni tegishli qaydlarda aks ettirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur amaliy va uslubiy yordam maktab kutubxonasi faoliyatini samarali tashkil etish, ish hujjatlarini belgilangan talablar asosida yuritish hamda kitobxonlarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashishga qaratil

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top