MUSTAQILLIK — BEBAHO NE’MAT!

Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Kengash raisi Xudoyqulov Shavkat Turmamatovich hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kengash raisi Po‘latov Sulaymon Po‘latovich ishtirok etib, jamoani bayram bilan samimiy tabrikladilar. Yig‘ilishda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, xalqimiz farovonligi va yoshlar tarbiyasida kitobxonlikning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning inson qadri, xalq manfaatlari va Vatan taraqqiyotiga oid fikrlari tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ma’naviyatni yuksaltirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida jamoaga tinchlik, farovonlik va mustahkam sog‘lik tilaklari bildirildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top