Ma’rifat yo‘lini yoritgan jadidlar — millat xotirasida abadiy

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida millatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, Vatan ozodligi, milliy o‘zlik, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadidlar hamda qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan “Ma’rifat yo‘lini yoritgan jadidlar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan yurtimiz tarixining murakkab va sinovli davrlarida ta’qib va tazyiqlarga uchragan millat ziyolilari, ma’rifatparvarlar, jadidlar, adiblar, olimlar va davlat arboblarining hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda ijodiy merosiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar o‘rin oldi.

Mazkur ko‘rgazma orqali kitobxonlarga xalqimizning ma’rifatli kelajagi uchun kurashgan fidoyi ajdodlarimizning hayot yo‘li, ezgu maqsadlari va bebaho merosi haqida kengroq ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top