“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

Arnasoy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” nomli kitob targ‘iboti tadbiri kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida yo‘lovchilar va kitobxonlarga turli janrdagi badiiy, ma’rifiy hamda ommabop adabiyotlar tavsiya qilindi. Ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson dunyoqarashi, tafakkuri va ma’naviy rivojidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbirning asosiy g‘oyasi — “Yo‘lingizni kitob bilan mazmunli qiling!” shiori ostida aholida mutolaa odatini shakllantirish va kitobni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishdan iborat bo‘ldi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top