

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘oliblar mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangi, mazmunli va qiziqarli adabiyotlar bilan yangilandi.
Endilikda mahalla aholisi va kitobsevarlar uchun turli yo‘nalishdagi zamonaviy badiiy, ma’rifiy va tarbiyaviy kitoblar mutolaa uchun taqdim etilmoqda.
Yangi kitob — yangi bilim, yangi tafakkur, yangi imkoniyat!
📚 Ko‘chma kutubxona orqali kitoblarni kitobxonlarga yanada yaqinlashtirish, mutolaa madaniyatini oshirish va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
![]()