Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Risqul Siddiqov Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘ldi

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Risqul Ergashboyevich Siddiqov tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat markaz faoliyati, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholi, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat jarayonida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, zamonaviy axborot-resurs xizmatlarini rivojlantirish, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, markaz xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top