#Kitob_va_ertak_bolalar_qalbiga_yol

Joriy yilning 2026-yil 26-iyun kuni Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Guncha» maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun kutubxonaga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida bolajonlar kutubxona faoliyati, bolalar uchun mo’ljallangan adabiyotlar hamda ertak kitoblari bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan bolalarga qiziqarli va ibratli ertaklar aytib berildi, ertak qahramonlari haqida suhbat o’tkazildi. Tadbir davomida bolalarda kitobga mehr, mutolaa madaniyati va kitobxonlikka bo’lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir bolajonlarda kitob o’qishga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top