TIL — MILLAT KO‘ZGUSI, QALBIMIZ G‘URURI

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida maktab o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, dilga yaqin fikrlar va samimiy chiqishlar namoyish etildi.
📖 Ona tilimiz — millatimizning ruhi, xalqimizning bebaho ma’naviy merosi va o‘zligimiz timsolidir. Uni sevish, ardoqlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top