

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Madaniyat markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✨ Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, ona tilimizning nufuzini yuksaltirish hamda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kitoblar o‘rin oldi.
🇺🇿 Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va milliy o‘zligimiz timsolidir. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir
![]()