
Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasini kundalik hayot tarziga aylantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qing!” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy g‘oyasi — insonning kundalik hayotidagi oddiy vaqtlarni ham mutolaa uchun foydali imkoniyatga aylantirish. Ya’ni, ishga, o‘qishga yoki boshqa manzilga ketayotgan fuqarolar yo‘l-yo‘lakay kitob, jurnal yoki elektron adabiyotlardan foydalanib, o‘z bilim va dunyoqarashini boyitishiga sharoit yaratishdir.
![]()