
Arnasoy tumani G‘ofur G‘ulom MFYda yashovchi Ochilov Akbar Samarovich tomonidan Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markaziga 147 nomdagi, 150 nusxada kitob sovg‘a qilindi.
Ushbu ezgu tashabbus aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, ma’rifat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi bunday xayrli tashabbuslar alohida e’tirofga loyiq.
Ochilov Akbar Samarovichning ushbu savobli va ibratli tashabbusi jamoatchilik uchun munosib namuna bo‘lib, kitobga, ma’rifatga va kelajak avlod tarbiyasiga bo‘lgan yuksak e’tiborining yorqin ifodasidir
![]()