#KITOBXON_ONALAR_MARIFATLI_OILA_BAXTLI_KELAJAK_SARI

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur loyiha onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning ma’naviy dunyosini boyitish, oilalarda kitob o‘qish muhitini shakllantirish hamda farzandlarda kitobga mehr va qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ma’naviy kamolot va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati, shuningdek, oilaviy mutolaaning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida samimiy suhbatlar olib borildi.

Onalarga mazmun-mohiyati bilan qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etildi. Kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy olamiga ijobiy ta’siri haqida fikrlar almashildi.

Farzand tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi muhim o‘rin tutadi. Oilada kitob mutolaasi an’anasining shakllanishi bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, bilimga intilishini kuchaytirish va ma’naviy kamol topishiga xizmat qiladi.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top