#DAVLAT_XIZMATLARIDA_KOCHMA_KUTUBXONA

Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida navbatdagi targ‘ibot va xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Tashrif davomida ko‘chma kutubxona fondidagi badiiy adabiyotlar almashtirilib, kitobxonlar uchun yangi va mazmunli asarlar taqdim etildi. Turli janrdagi kitoblar bilan boyitilgan kutubxona fondi xodimlarning o‘z qiziqishlariga mos adabiyotlarni tanlab, mutolaa qilishlari uchun yanada keng imkoniyat yaratdi.

Mazkur tashabbus orqali xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ko‘chma kutubxona faoliyati kitob va kitobxon o‘rtasidagi aloqani yanada mustahkamlash, yangi adabiyotlar bilan tanishish hamda bilim va ma’rifatni oshirish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.

Loading

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tillni tanlang »
Scroll to Top